Toshkent sh., Obirahmat ko’chasi - 26, 3-o'tish

Du.-Ju.: 09:00 - 18:00

RuMelt®-702

Texnik ma’lumotlar

RuMelt®-702 – biriktirish uchun mo’ljallangan poliolefin asosidagi issiq eritma yopishtiruvchi

qadoqlash materiallarining keng assortimenti, xusuan, karton qutilar, gofrirovka qilingan qutilar va qadoqlashning boshqa turlari uchun qo’llanadi. Yuqori tezlikda ishlaydigan uskunalarda foydalanish mumkin.

Texnik xususiyalari:

Rangi oq.

Brukfild bo’yicha yopishqoqligi 150 0C da 900 – 1400 mPas

Yumshatish nuqtasi 110 – 120 0C

Ishlash harorati 130 – 180 0S

Qo’llash sohasi:

Har xil qutilarni yopishtirish va shakllantirish;

Rulon o’ramlarni yelimlash

Qo’llash usuli:

Purkash, rolik yordamida surkash

Qadoqlash va saqlash:

Yopishtiruvchi yelim (kley) 20 kg polipropilen paketlarda granulalar shaklida etkazib beriladi. Yelim quruq va salqin joyda saqlanishi kerak. Ochilmagan qadoqdagi saqlash muddati kamida 1 yil.

Xavfsizlik:

Issiq elim bilan ishlaganda shaxsiy himoya vositalaridan foydalaning. Yelim tanangizningg ochiq joylariga tegishidan saqlaning. Yelim ishlatganda, ish joyining havo aylanishini yaxshi tashkil qilish kerak.

Yelimning uzoq vaqt davomida haddan tashqari qizishi kimyoviy birikishlarning buzilishiga va mahsulot sifatining yomonlashuviga olib keladi.

Tozalash:

Sirt va jihozlar uchun maxsus tozalash vositalaridan foydalaning.